Interpol qidiruvidagi özbekistonliklar BAAda uşlandi

Interpol qidiruvidagi özbekistonliklar BAAda uşlandi

Xalqaro qidiruvga berilgan 3 nafar özbekistonlik Birlaşgan Arab Amirliklari hududida qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.


Qayd etilişiça, Interpolning Özbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi tomonidan amalga oşirilgan harakatlar natijasida respublika huquqni muhofaza qiliş organlari taşabbusi bilan xalqaro qidiruvda bölgan uç nafar fuqaro qaytarilgan. Ulardan ikki nafari firibgarlikda, yana biri odam savdosi bilan boğliq jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Jinoyat sodir etgandan söng ular Birlaşgan Arab Amirliklari hududiga qoçib ketgan. Interpol Milliy markaziy byurosining maqsadli faoliyati, xorijiy hamkorlar bilan doimiy hamkorligi va Interpolning xalqaro qidiruv mexanizmlarini işga solişi tufayli ularning turgan joyi aniqlangan. Interpolning Abu-Dabidagi Milliy markaziy byurosi kömagida uçalasi ham qölga olingan.

Qidiruvdagilarni topşiriş turli huquqiy mexanizmlar, jumladan, Interpolning Toşkent va Abu-Dabi Milliy markaziy byurolari örtasida erişilgan maxsus kelişuvlar doirasida amalga oşirilgan. Mazkur şaxslar Özbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari hamrohligida qonunçilikka muvofiq javobgarlikka tortiş uçun Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportiga olib kelingan.


Teglar:
×