Keça, 18 noyabr kuni Moskva şahrida Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan uçraşdi.
Taşqi siyosat mahkamalari rahbarlari oliy darajadagi Rossiyaga kutilayotgan taşrifga tomonlarning tayyorligi yuqori darajada ekanini mamnuniyat bilan qayd etdilar hamda davlatlararo munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Ikki mamlakatning xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar doirasida yaqin aloqalarni davom ettiriş va özaro qöllab-quvvatlaşga tayyorligi bildirildi.
Afğonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuv yakunida vazirlar axborot va biologik xavfsizlik sohasida qator ikki tomonlama hujjatlar, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Taşqi işlar vazirligi örtasida 2022-2023 yillarga möljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar.
Eslatib ötamiz, bugun, 19 noyabr kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan Rossiyaga jönab ketdi.









