Pokistonda Prezident va vazirlar maoşidan voz keçdi

Pokistonda Prezident va vazirlar maoşidan voz keçdi

Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif va federal hukumat vazirlari Vazirlar Mahkamasining hukumat xarajatlarini qisqartirişga qaratilgan tejamkorlik çoralari doirasida maoş va nafaqalardan ixtiyoriy ravişda voz keçdi. Bu haqda “Pakistan Today” gazetasi xabar berdi.

Şuningdek, Pokiston Prezidenti Osif Ali Zardoriy ham maoşi va nafaqalarini olişdan boş tortgan.

Davlat xarajatlarini tejaş çoralarini joriy etiş fevral oyida bölib ötgan parlament saylovlaridan söng tuzilgan Şarif boşçiligidagi Pokistonning yangi federal hukumatining dastlabki qadamlaridan biri böldi.

Vazirlar Mahkamasi davlat byudjetini tejaş maqsadida vazirlar va hukumat amaldorlarining xorijga safarlarini çekladi, şuningdek, ularning xorijda bölişining yangi qoidalarini joriy qildi. Ularga köra, federal va ştat vazirlari, ularning maslahatçilari va yordamçilari yiliga uç martadan köp bölmagan va faqat milliy byudjetni tejaşni taʼminlaş böyiça hukumat qömitasi, şuningdek, Taşqi işlar vazirligi va Içki işlar vazirligi ruxsati bilan çet elga çiqişi mumkin. Çet elga sayohat qilişda ularga beş yulduzli mehmonxonalarda qoliş taqiqlanadi. Pokistonning xorijdagi elçixonalariga diplomatlarni xalqaro forumlar va tadbirlarga imkon qadar kengroq jalb qiliş tavsiya etiladi, bu esa vazirlar va departament xodimlarining ularda qatnaşiş uçun sayohatlarini qisqartirişga yordam beradi.

Eslatib ötamiz, 2022 yilning aprelidan 2023 yilning avgustigaça Pokiston hukumatini boşqargan Şahboz Şarif ötgan oy boşida yana Boş vazir etib saylangandi. Keyinçalik Pokiston Xalq partiyasi hamraisi Osif Ali Zardoriy Pokistonning yangi Prezidenti etib saylandi va ikkinçi marta davlat rahbari böldi.


×