Bundan buyon qaysi vazir öz işini eplay olmasa, isteʼfoga çiqadi va tizimda korruptsiyaga yöl qöyilsa vazirlar ham javob beradi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 20 dekabr kuni Oliy Majlis palatalariga yöllayotgan murojaatida aytib ötdi.
“Biz korruptsiya haqida köp gapiramiz, lekin tizimida korruptsiyaga yöl qöyilsa, nima uçun vazir javob bermasligi kerak? Endi sörov boşqaça böladi. Vazir öz tizimiga ajratilgan mablağlarni samarali va maqsadli işlatiş böyiça birinçi bölib, özi javob beradi”, deydi davlat rahbari.
Uning urğulaşiça, davlat vakillari, vazirlar özining halol mehnati, oddiyligi, xalqsevarligi, samimiyligi va fidoyiligi bilan odamlarimiz mehrini qozonişi kerak.
“Endi, vazirlarning siyosiy masʼuliyati oşirilib, Hukumat qarorlari loyihalari, mamlakatimiz hayotiga oid muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bevosita vazirlar iştirokida kollegial hal etiladi”, deydi Prezident.
Şuningdek, har bir viloyatdagi muammolarni yeçiş uçun, har oyda joyiga çiqqan holda “Hukumat kuni” ötkazilişi yölga qöyiladi.
Bundan buyon vazir har yil boşida jamoatçilik oldida sohadagi rejasi va yil yakuni bilan esa uning natijasi böyiça hisobot beradi.
“Taʼkidlab aytmoqçiman – endi, qaysi vazir öz işini eplay olmasa, isteʼfoga çiqadi”, deydi Şavkat Mirziyoyev.









