Endi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari, vazirlar, qömitalar va xöjalik birlaşmalari raislari özlarining iş uslubini tubdan özgartiradi.
Ular köproq hududlarga, olis qişloqlarga borib, pastdagi muammolarni aniqlaş va hal etişda hokimliklar, tadbirkorlar va joylardagi rahbarlarga yordam berişi kerak. Bu topşiriqni Şavkat Mirziyoyev raisligida 14 avgust kuni yiğilişda bergan.
Har bir kompleks rahbari özining vazirlari bilan birga har çorakda viloyatlarga borib, tegişli sohalardagi mavjud muammolarni hal etişi va natijalari böyiça viloyat xalq deputatlari kengaşi va faollari oldida hisobot berişi kerak.
Xuddi şunday, viloyatlar hokimlari ham öz örinbosarlari va viloyat boşqarmalari rahbarlari bilan birga har çorakda tumanlarga borib, muammolarni hal qilib, tuman xalq deputatlari kengaşi va faollar oldida hisobot beradi.
Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasiga rahbar va hokimlarning pastga tuşib işlaşi va hisobot berişi böyiça yangi tizimni amalda joriy qiliş masʼuliyati yuklangan.









