Özbekiston hamma joyda şarmanda bölib yotibdi – Norboyeva

Özbekiston hamma joyda şarmanda bölib yotibdi – Norboyeva

Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining hududlardagi xodimlari buziş işlarida iştirok etiş huquqiga ega emas. Agar ular şunday işlarda iştirok etsa, ularga nisbatan intizomiy çora köriladi. Bu haqda Içki işlar vaziri örinbosari Aziz Toşpölatov Oliy Majlis Senatining yigirma birinçi yalpi majlisida aytib ötdi.

Şuningdek, vazir örinbosari hududlardagi xodimlardan mahalliy hokimlar tomonidan majburan “snos”larga jalb qiliş böyiça şikoyatlar kelib tuşmaganini maʼlum qildi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva mamlakatdagi biror viloyat, tuman yoki şaharda fuqarolarning uyini özboşimçalik bilan buzişga mahalliy hokimliklar hududdagi Içki işlar vazirligi xodimlarini ham jalb qilayotganiga töxtalib, masalaning kattalaşib ketişining oldini oliş uçun IIV ham öz xodimlaridan şikoyat kelişini kutib turmasdan odamlarning kayfiyatidan kelib çiqib çora körişi kerakligini taʼkidladi.

“Şunday holatlar (hududlarda IIB xodimlarining “snos”ga jalb qilinişi) bölsa, viloyat, tuman, şahar IIB boşliği çora körişi kerak. U şikoyat tuşiş-tuşmasligiga qaramasdan odamlarning kayfiyatidan kelib çiqib, norozilikka sabab bölayotgan masala lovillab, respublika darajasi, dunyo miqyosiga çiqib ketmasidan öşa yerning özida qonuniylikni taʼminlaşi mumkin”, dedi Tanzila Norboyeva.

Senat raisi hududlardagi IIB boşliqlari öşa yerda qonun ustuvorligi uçun javobgarligini taʼkidladi.

“IIB rahbari öşa hududdagi tinçlikka javobgar. Hozir Özbekiston hamma joyda şarmanda bölib yotibdi”, dedi Tanzila Norboyeva.

Eslatib ötamiz, Farğona, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlari hokimlari “snos” masalasida jiddiy noroziliklarga sabab bölgani uçun Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning keskin tanqidiga uçradi. Davlat rahbari 3 viloyat hokimiga xalqdan uzr söraşni tayinlagandan keyin ular odamlardan keçirim söradi. Sunnatilla Abdullayev

×