Bugun, 29 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan raisligida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengaşining törtinçi yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, tomonlar mazkur yiğiliş muborak Ramazon oyi hamda ikki mamlakat örtasida Abadiy döstlik va hamkorlik töğrisidagi şartnoma imzolanganiga 30 yil tölişi arafasida ötayotgani ramziy maʼnoga ega ekanini taʼkidlagan.

Siyosiy muloqot jadal rivojlanayotgani, xalqaro masalalar yuzasidan tomonlarning pozitsiyasi öxşaş ekani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Turkiy davlatlar taşkiloti, Islom hamkorlik taşkiloti, Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti va boşqa tuzilmalar doirasida özaro qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga kelişib olingan.

Parlamentlararo aloqalar, jumladan, döstlik guruhlari doirasida faollaşdi. Özaro savdo hajmi, şuningdek, Turkiyaning yetakçi kompaniyalari bilan qöşma korxona va loyihalarning soni izçil ravişda ösib bormoqda.
Kelgusi yillarda tovar ayirboşlaş hajmini, jumladan, Imtiyozli savdo töğrisidagi bitimdagi tovarlar röyxatini kengaytiriş orqali 5 milliard dollarga yetkaziş vazifasi belgilab olingan.
Taşrifga tayyorgarlik doirasida alohida dastur asosida amalga oşirilişi nazarda tutilgan sanoat kooperatsiyasining yangi ustuvor yönalişlari işlab çiqilgan.
Şuningdek, hududlararo hamkorlikning ulkan salohiyati qayd etilgan. Yil oxiriga qadar Özbekistonning barça viloyatlaridan delegatsiyalar hamkor hududlar bilan loyihalar portfelini işlab çiqiş maqsadida Turkiyaga taşrif buyuradi.
Qişloq xöjaligi, boğdorçilik, soğliqni saqlaş va tibbiy turizm sohalarida Turkiyaning ilğor tajribasini joriy etiş zarurligi taʼkidlangan.
Turizm yönalişida aloqalarni rivojlantiriş, teatr festivallari va madaniyat haftaliklarini ötkaziş, tarixiy filmlarni birgalikda işlab çiqariş, madaniy meros obʼektlarini hamkorlikda tiklaşga alohida eʼtibor qaratilgan.

Taʼlim sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş maqsadida şu yil bahorda Buxoroda törtinçi Rektorlar forumini ötkazişga kelişib olingan.
Şuningdek, Qöşma hukumatlararo komissiya hamraislarining köp qirrali hamkorlikning istiqbolli yönalişlari yuzasidan hisobotlari tinglangan.
Yiğiliş yakunida ikki davlat hukumatlariga qabul qilingan qarorlarni amalga oşiriş böyiça “yöl xaritasi”ni tasdiqlaş topşirilgan.
Şavkat Mirziyoyev Rajab Toyib Erdöğan Özbekistonga taşrif bilan kelişni taklif qilgan.









