Tailandda ötayotgan futbol böyiça U-23 Osiyo çempionatida 3-tur uçraşuvlari bölib ötdi.
Özbekiston Olimpiya terma jamoasi çorak final yöllanmasi uçun Janubiy Koreyaga qarşi kuraş olib bordi. Öyinning 5-daqiqasida raqib öyinçisi Jeong Seungvon uçraşuvda hisobni oçişga erişdi. Qizğin keçgan bahsning 21-daqiqasida qanotdan uzatib berilgan töpni Bobir Abduxoliqov raqib darvozasiga joylab qöydi va hisob tenglaşdi. Ikkinçi bölimda Ox Sexun özbektisonliklar darvozasini işğol qilib, jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi. Şu tariqa öyin raqiblarning foydasiga hal böldi. Janubiy Koreya termasi 9 oçko bilan “S” guruhini birinçi örinda yakunladi. Özbekistonliklar esa 4 oçko bilan ikkinçi örinni egallab, çorak final iştirokçisiga aylanişdi. Musobaqada Eron terma jamoasi ham 4 oçko jamğarişga muvaffaq böldi. Töplar nisbati borasidagi ustunlik Özbekiston jamoasiga foyda berdi. Şu tariqa Xitoy va Eron termalari musobaqani şu nuqtada yakunlaşdi.









