Qaşqadaryoda YPX xodimi xizmat maşinasida töxtaş taqiqlangan joyda uxlab qoldi (video)

Qaşqadaryoda YPX xodimi xizmat maşinasida töxtaş taqiqlangan joyda uxlab qoldi (video)

Bugun YouTube ijtimiy tarmoğida Qarşi şaxrida xizmat avtomaşinasida töxtaş va töxtab turiş taqiqlangan yöl belgisi taʼsir oraliğida töxtab, uxlab yotgan xodim videotasviri paydo böldi, deb yozadi "nnews.uz".

Uşbu tasvirda voqea qahramoni safarbarlik guruhi komandiri ekanligi aytiladi va uning xatolariga baho beriladi.

Bizga maʼlumki, yöl harakati qoidalari 25 bandiga asosan imtiyozga ega avtomaşinalar bu imtiyozdan foydalanişi uçun kök va qizil rangli çiroq-mayoqçasi yoqilgan holda keçiktirib bölmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotgan bölişi lozim. Aynan şundagina ular yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş şarti bilan yöl harakati qoidalarining ayrim talablaridan çetga çiqiş huquqiga ega bölişlari mumkin.

Bundan taşqari Özbekiston Respublikasi Içki işlar organlari töğrisidagi qonunning 8-moddasida içki işlar organi xodimi öziga fuqaro murojaat etgan taqdirda, öz lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytişi şart deb yozib qöyilgan.

Nima maqsadda ekanligi hozirça bizga nomaʼlum bölib turgan masaladan yana biri bu xodim fuqaroning şaxsni tasdiqlaş maqsadida taqdim qilgan haydovçilik guvohnomasini qaytarib bermaydi.

Bu harakati esa öz-özidan Özbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 290-moddasi hamda içki işlar vazirining 2011 yil 31 maydagi 68-son buyruği talablariga aslo töğri kelmaydi.

Bu holatga Qaşqadaryo viloyat Içki işlar boşqarmasi nima deb izoh beradi? Voqealar rivojini kuzatamiz!

×