Nihoyat, davlat taşkilotlarida uruğ-aymoğçilikni yöqotiş uçun qonun işlab çiqildi

Nihoyat, davlat taşkilotlarida uruğ-aymoğçilikni yöqotiş uçun qonun işlab çiqildi

Davlat xizmatiga işga qabul qiliş va unda faoliyat olib borişda qarindoş-uruğçilik (nepotizm) kabi korruptsiyani keltirib çiqaruvçi omillarning oldini oliş, bunday holatlarga yöl qöyganlik uçun javobgarlikni belgilaşni nazarda tutuvçi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.

“Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi bilan mehnat munosabatlarini tartibga solişga qaratilgan qonunçilikka davlat xizmatiga işga qabul qiliş va unda faoliyat olib borişda qarindoş-uruğçilikni taqiqlaş hamda şunday holatlarga yöl qöyganlik uçun maʼmuriy javobgarlikka tortiş taklif etilmoqda.

Xususan, “Aholi bandligi töğrisida”gi qonunga aholi bandligini taʼminlaşda qarindoş-uruğçilik va boşqa suiisteʼmolçiliklarga yöl qöyilmasligi bilan boğliq norma kiritilmoqda.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 79-moddasini özaro qarindoşlik (töğri şajara, yon şajara va boşqa qarindoşlik riştalari) munosabatlariga ega bölgan şaxslarning bir davlat taşkilotida biri ikkinçisiga bevosita böysinuvida yoki uning nazorati ostida bölganda xizmat qilişiga yöl qöyilmasligi, agarda davlat xizmatçisi özaro qarindoşlik riştalariga ega bölgan şaxs bilan xizmat qilayotganligi öziga maʼlum bölib qolsa, davlat taşkiloti rahbariga xabar beriş majburiyati belgilanmoqda. Öz navbatida, davlat taşkiloti rahbari esa, bunday hollarda davlat xizmatiçisini avvalgisiga teng boşqa iş (lavozim)ga ötkaziş çoralarini körişi lozimligi qayd etilmoqda.

Bundan taşqari, Mehnat kodeksining 100-moddasini xodim iş beruvçi tomonidan taklif etilgan özi işlayotgan iş (lavozim)ga teng boşqa iş (lavozim)ga ötişni rad etgan taqdirda mehnat şartnomasini öz taşabbusi bilan bekor qilişi mumkinligi haqidagi 8-band bilan töldiriş taklif etilmoqda.

Qonun loyihasiga köra, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga davlat taşkilotlarida qarindoş-uruğçilik munosabatlariga yöl qöyganlik va bu haqida taşkilot rahbariga 10 kun muddat içida xabar bermaganlik, öz navbatida davlat korxonasi rahbari esa qarindoş-uruğçilik munosabatlari haqida xabar topgangandan söng, uşbu xodimlar işlab kelgan iş (lavozim)ga teng boşqa iş (lavozim)ga ötkaziş çoralarini körmaganlik uçun maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi 495-moddani kiritiş taklif etilmoqda.

Şuningdek, Qonun loyihasining 3-moddasida mazkur huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, Davlat mehnat inspektsiyasining mansabdor şaxslari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma tuziş hamda sudga taqdim etiş vakolatiga egaligi körsatib ötilmoqda.

Mazkur Qonunning qabul qilinişi:

Birinçidan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korruptsiyaga qarşi murosasiz munosabatda böliş muhitini yaratiş, davlat va jamiyat boşqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytiriş va bunda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF–6257-son Farmonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2021-2022 yillarga möljallangan Davlat dasturining 25-bandi ijro etilişini taʼminlaşi;

Ikkinçidan, Korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2021-2022 yillarga möljallangan Davlat dasturida belgilangan vazifalarni tölaqonli röyobga çiqarilişini taʼminlaşda zarur huquqiy bazani mustahkamlaşi;

Uçinçidan, davlat xizmatiga işga qabul qiliş va unda faoliyat olib borişda qarindoş-uruğçilik (nepotizm) kabi korruptsiyani keltirib çiqaruvçi omillarning oldini olişga imkon berişi;

Törtinçidan, mamlakatda korruptsiyaga qarşi kuraşişning normativ-huquqiy asoslarini takomillaştirişiga xizmat qilişi kutilmoqda.

×