Rossiya Içki işlar vazirligi Migratsiya masalalari boş boşqarmasi noqonuniy migrantlarning mamlakatda avtomaşinalarini röyxatdan ötkazişi, bank hisob raqamlari oçişi va turmuş qurişini taqiqlovçi qonun loyihasini tayyorladi. Bu haqda boşqarma boşliği Valentina Kazakova maʼlum qildi.
Uning sözlariga köra, bunday qonun noqonuniy migrantlarni aniqlaş va ularni Rossiya Federatsiyasi hududidan çiqarib yuboriş imkonini beradi.
"Agar siz noqonuniy migrant bölsangiz, uşbu xizmatlardan foydalaniş huquqiga ega bölmasligingiz kerak", deydi Valentina Kazakova.
Kazakova mazkur qonun loyihasi tez orada Davlat Dumasiga körib çiqiş uçun kiritilişini bildirgan.U xorijlik şaxsning elektron avtorizatsiyasi va ular haqidagi maʼlumotlar kiritiladigan raqamli profili masalasi ham hozirda muhokama qilinayotganini eslatgan.
“Yaʼni, migrant Rossiya Federatsiyasiga kiriş niyati borligini maʼlum qilişi kerak böladi. Va bu, albatta, bizda mavjud bölgan salbiy narsalarni kamaytiradi ", deya qöşimça qilgan Kazakova.
Qonun loyihasi 1 noyabr kuni Davlat Dumasiga kiritilgan. Unga köra, Rossiya fuqarolarining migrant turmuş örtoqlari uçun vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsatnoma faqat bunday nikoh tuzilgan kundan boşlab ikki yil ötgandan keyin berilişi kerak. Şuningdek, özgartirişlar mualliflari,ota-onalik huquqi yoki nikohi sud tomonidan bekor qilingan şaxslardan vaqtinçalik propiskani olib qöyişni taklif qilmoqda. Taklif qilingan özgartirişlar migrantlar yaşaş uçun ruxsatnoma oliş maqsadida foydalanişi mumkin soxta nikoh va farzand asrab oliş amaliyotiga tösiq bölişi aytilgan.









