“Omicron” uçun yangi vaktsina işlab çiqariladi

“Omicron” uçun yangi vaktsina işlab çiqariladi

Gonkong universiteti olimlari koronavirusining "omicron” ştammini yengiş uçun yangi avlod vaktsinalarini işlab çiqariş zarurligini taʼkidladi. Bu haqda "South China Morning Post " naşri xabar berdi.

Universitet olimlari ötkazgan tadqiqotga köra, Pfizer va Sinovac vaktsinalari COVID-19 koronavirusining yangi “omicron” ştammidan himoya qiliş uçun yetarliça antikorlarni işlab çiqarmaydi.

Şuningdek, "omicron” ştammi COVID-19 vaktsinasining, xususan CoronaVac vaktsinasining ikki dozasi samaradorligini kamaytirişga muvaffaq böldi. Şu sababli olimlar vaktsinani olganlarda virusni qayta yuqtiriş xavfi borligini taʼkidlamoqda.

Maʼlum bölişiça, Pfizer vaktsinasining ikki dozasini olgan 25 kişi orasida faqat beştasida “omicron” bilan kuraşiş uçun yetarli miqdorda antikor aniqlangan. Biroq ulardagi antikorlar koronavirusning dastlabki ştammiga qaraganda 35-40 baravar, «beta» va «delta» ştammlariga qaraganda sezilarli darajada kamroq.

Avvalroq, Pfizer va BioNTech kompaniyalari koronavirusning yangi "omicron” ştammi vaktsina antikorlarini koronavirusning boşqa ştammlariga qaraganda samaraliroq çetlab ötişini tasdiqlagan edi.

Bundan taşqari, Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi özining ZF-UZ-VAC2001 preparatini koronavirusning “omicron” variantiga qarşi antitanaçalar işlab çiqarilişiga olib kelişi mumkinligini aytgan edi. Şuningdek, yapon olimlar “omicron” vaktsinaga qarşi köproq yuqumli bölib, u ham tabiiy, ham emlaş orqali hosil bölgan immunitetni yenga olişini maʼlum qilgan edi.

×