Böstonliqda 56 tup köp yillik daraxt kesib taşlandi

Böstonliqda 56 tup köp yillik daraxt kesib taşlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyati Böstonliq tumani Oqtoş qişloği hududida 53 tup köp yillik daraxtlar noqonuniy kesilganligi haqida xabar tarqaldi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinişiça, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi nazorat böyiça Böstonliq tumani inspektsiyasi xodimlari tomonidan örganiş işlari olib borilgan. 

Natijada hududda ösiş holatida bölgan jami 56 tup, şundan, 53 tup şumtol, 2 tup baqaterak, 1 tup qizil dölana daraxtlari noqonuniy ravişda kesilganligi aniqlangan. Holat yuzasidan xolis guvohlar iştirokida belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylaştirilgan. 

Qömitaning maʼlum qilişiça, nomaʼlum şaxclarning ğayriqonuniy hatti-harrakatlari natijasida ösimlik dunyosiga 288 mln 792 ming söm miqdorda zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan rasmiylaştirilgan hujjatlar qonuniy baho beriş uçun prokuratura organlariga taqdim etilgan.

Boş prokuratura Mabuot xizmati xabariga köra, Oqtoş qişloği hududida köp yillik daraxtlar noqonuniy kesilgani (Ösimlik dunyosiga 288 mln.söm zarar yetkazilgan) holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni şikastlantiriş yoxud nobud qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

×