Bugun, 24 iyul kuni Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida 2 gektar yerdagi quruq öt olov içida qoldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, soat 11:16 da Böstonliq tumani “Xöjakent” MFY toğli hududida tahminan 2 gektar maydonda quruq öt va şox-şabbalar yonayotgani töğrisida boşqarmaga xabar kelib tuşgan.
Xabarga asosan, FVVning yonğin-qutqaruv ekipaj qutqaruvçilari hamda tegişli taşkilotlar xodimlari voqea joyiga 11:30 da yetib borgan. Ayni vaqtda yonğin bartaraf qilinmoqda. Uşbu yonğinni bartaraf qiliş uçun yetarli kuç va vositalar jalb qilingan. Tahririyatimizga yetib kelgan videolarda esa yonğinni bartaraf etiş uçun vertolyotlar ham jalb qilinganini köriş mumkin.









