Özbekiston fuqarosi Belarus va Litva çegarasida qölga olindi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri Litva davlat çegarasi qöriqlaş xizmati axborotiga tayanib xabar qildi.
Maʼlum bölişiça, özbekistonlik 37 yoşli fuqaro Belarusdan Litvaga içidan folga bilan qoplangan maxsus kiyimda, orqaçasiga yurib ötgan. Uning uşbu harakati videokameralarga muhrlanib qolgan. U çegaraçilarni çalğitmoqçi bölgan. Yaʼni Litvadan Belarusga ötilganidek taassurot qoldirişni rejalaştirgan.
Kinologlar darhol voqea joiyga yetib kelgan va Belgiya ovçarkasi qonunbuzar kiyimlarini qayerga yaşirganini topgan. Keyinroq esa aybdor ham topilgan. U folgaga oralgan kiyim orqali “teplovizor”ni çalğitmoqçi bölgan.
Hodisa yuzasidan hozirda tekşiruv işlari olib borilmoqda. Qonunbuzarga jarima, qamoqqa oliş yoki 2 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi









