Keça, 11 noyabr kuni Istanbul şahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşining 8-sammiti doirasida Taşqi işlar vazirlari yiğilişi bölib ötdi.
Turkiya Respublikasi Taşqi işlar vaziri Mavlud Çavuşöğli mezbonlik qilgan yiğilişda Ozarbayjon Respublikasi Taşqi işlar vaziri Jayhun Bayramov, Qozoğiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari, Taşqi işlar vaziri Muhtor Tileuberdi, Qirğiziston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Ruslan Qozoqboyev, Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov, Turkmaniston Boş vaziri örinbosari – Taşqi işlar vaziri Raşid Meredov, Vengriya Taşqi işlar va savdo vaziri Peter Siyarto, Turkiy kengaş Boş kotibi Bağdod Amreyev va Turkiy kengaş Oqsoqollar kengaşi Turkiya Respublikasi oqsoqoli Binali Yildirim, şuningdek, TURKPA, TURKSOY, Turk akademiyasi va Turk madaniyati va merosi jamğarmasi prezidentlari iştirok etdi.

Taşqi işlar vazirlari 12 noyabr kuni Istanbul şahrida bölib ötadigan Davlat rahbarlari kengaşi majlisining kun tartibi va dasturini muhokama qildilar hamda davlat rahbarlari tomonidan imzolanadigan qarorlar, Sammit deklaratsiyasi loyihasi va Turkiy dunyo – 2040 istiqbol hujjatini körib çiqdilar.
Vazirlar, şuningdek, aʼzo davlatlar örtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi köp tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almaşganlar.
Uçraşuv yakunida taşqi işlar vazirlari tomonidan quyidagi hujjatlar imzolangan:
1. Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi kotibiyatining Moliyaviy tamoyillari töğrisidagi Bitimning aʼzo davlatlarning majburiy badallari miqyosidagi protokoli;
2. Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi Oqsoqollar kengaşi töğrisidagi Nizom;
3. Turk dunyosi şaharlariga ayrim maqomlar beriş töğrisidagi nizom.









