Turkiy kengaş sammiti Prezident va Boş vazir sud qilingan orolda ötkaziladi

Turkiy kengaş sammiti Prezident va Boş vazir sud qilingan orolda ötkaziladi

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşiga aʼzo mamlakatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti Istanbul şahri yaqinida, Marmara dengizining örtasida joylaşgan sobiq Yassi orol, hozirgi Demokratiya va mustaqillik orolida bölib ötadi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti ham qatnaşadi. 

Gap şundaki, uşbu orol Turkiya tarixida muhim ahamiyatga ega. Orolda 1950 yillan 1960 yilgaça mamlakatni boşqargan Prezident Jalol Bayar, Boş vazir Adnan Menderes, Taşqi işlar vaziri Fatin Ruştu Zörlu, Moliya vaziri Hasan Pölatkan sud qilingan. Ular 1960 yilning 27 may kuni harbiylar tomonidan amalga oşirilgan davlat töntarişidan söng, uşbu orolga olib kelingan va to 1961 yilning sentyabr oyigaça şu yerda saqlangan. 

Boş vazir Adnan Menderesga hokimiyat vakolatlarini suiisteʼmol qiliş, davlat mablağini özlaştiriş kabi moddalar bilan ayblov eʼlon qilingan. Biroq, uşbu ayblovlarning birortasi öz isbotini topmagan. 

Sud 1961 yilning sentyabr oyida sobiq Prezident Jalol Bayarni bir umrlik qamoq jazosiga, Boş vazir Adnan Menderes, Taşqi işlar vaziri Fatin Ruştu Zörlu va Moliya vaziri Hasan Pölatkanni ölim jazosiga hukm etadi.

Boş vazir va uning tarafdorlari sudlangan Yassi oroldagi qonli va qoronğu tarix 2019 yil Prezident Rajab Toyib Erdöğan tarafidan tiklandi va öşa vaqtda ayblanganlar nomi oqlandi. Orolga Demokratiya va mustaqillik nomi berildi. Uning har bir burçagi 1960 yilda röy bergan töntariş va Adnan Menderes faoliyatini yodga soladi. 

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşiga aʼzo mamlakatlar rahbarlari sammiti ham aynan uşbu orolda ötkazilişi alohida ahamiyat kasb etadi.

Sammitda aʼzo davlatlar rahbarlari – Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Vengriya Boş vaziri Viktor Orban iştirok etadi.

Qozoğiston Respublikasi Birinçi Prezidenti – Elboşi, “Turkiy kengaşning bir umrlik faxriy raisi” Nursulton Nazarboyev sammit iştirokçilariga videomurojaat yöllaydi.

Şuningdek, sammitda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham qatnaşişi va Turkmaniston rasman Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşida kuzatuvçi maqomini olişi kutilmoqda. 

Davlat rahbarlari uçraşuvida xavfsizlik, siyosat, iqtisod, tovar ayirboşlaş, madaniy va ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni kuçaytiriş masalalari muhokama qilinişi közda tutilgan. Sammitda Kengaş nomini Taşkilotga özgartiriş masalasi ham körib çiqiladi.

×