Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq IIB xodimining Içki işlar vaziri Pölat Bobojonovga yöllagan “Quva tumanida IIB raxbariyati tomonidan profilaktika inspektorlari huquqlari poymol qilinmoqda(mi?)” nomli videomurojaati tarqalgandi. Farğona viloyati IIB mazkur murojaat böyiça rasmiy bayonot berdi.
Viloyat IIB tomonidan örganib çiqilgan murojaatdan aniqlanişiça, murojaatçi Nozimjon Nişonov muqaddam içki işlar organlarida işlab, xizmat vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondaşganligi, surunkali ravişda xizmat intizomini buzib, içki işlar organlari xodimlariga nomunosib xatti-harakatlar sodir etganligi uçun, salbiy sabablarga köra, 2021 yilda içki işlar organlaridan böşatilgan.
“Şuningdek, sobiq xodim N.Nişonovning videomurojaatidagi IIO xodimlari bilan boğliq keltirilgan holatlar yuzasidan viloyat IIBning tegişli xizmatlari tomonidan xizmat tekşiruvi ötkazilayotganligini maʼlum qilamiz”, deyiladi bayonotda.
Avvalroq IIV matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov IIO sobiq xodimi Nozimjon Nişonov tomonidan Quva tumani IIB rahbariyatining noqonuniy harakatlari böyiça tarqatilayotgan vajlari örnatilgan tartibda tekşirilib, holatga huquqiy baho berilişini maʼlum qilgandi.
Eslatib ötamiz, sobiq hodim murojaat davomida Quva tuman IIB boşliği örinbosari mayor Ahmadjonov profilaktika inspektorlariga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan şikoyat qilgan. Uning aytişiça, IIB boşliği örinbosari şaxsiy manfaatlari yölida profilaktika inspektorlari uçun kunlik 55 ming sömlik “örta fond” joriy qilgan. Şuningdek, 100 boş qoramol uçun qurayotgan molxonasiga kerakli quriliş materiallarini profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklagan.
Murojaatçining qayd etişiça, mayor har kuni profilaktika inspektorlariga bittadan maşinani jarima maydoniga qöyişni, beştadan maşina uçun jarima dalolatnomasi tuzişni majburiy reja qilib bergan. Bu rejani bajara olmagan profilaktika inspektorlari faqat gap eşitgan.
“Profilaktika inspektorlari ezilib ketyapti, ezilib. Dardini kimga aytişni bilmaydi”, deydi murojaatçi Nozimjon Nişonov.
Murojaatçi video söngida içki işlar vaziri Pölat Bobojonovdan mayor Ahmadjonovning harakatlariga çora körişini sörab, sözlarining isboti sifatida qölida audioyozuv borligini taʼkidlab ötgan.









