Butun özbekistonliklarning onasidan sökkan sobiq IIB xodimi uzr sörab çiqdi (video)

Butun özbekistonliklarning onasidan sökkan sobiq IIB xodimi uzr sörab çiqdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Oqqörğon tumani IIB xodimiga tegişli deb izohlangan audio yozuv tarqalib jamoatçilik muhokamasiga sabab bölmoqda.


 

Viloyat IIB maʼlumotlariga köra, audio yozuv egasi — 1992-yilda tuğilgan A.Sulaymonov 2022-yilda Oqqörğon tumani IIB Profilaktika inspektori lavozimiga qabul qilingan. 


 

Yoş xodim köp ötmay xizmat faoliyati davomida özini salbiy tomondan körsatganligi va noörin xatti-harakatlari sababli joriy yil 30 avgust kuni içki işlar organlaridan böşatilgan. 


 

“Bir ayol bilan janjallaşib qolganimdan keyin meni işdan böşatib yuborişdi. Oradan 10 kunlar ötib, öşa ayol menga telefon qildi. Öşa paytda men mast holatda edim. Jahlim çiqib, uni har xil sözlar bilan haqoratladim. Nima deb sökkanimni, nimalar deganimni özim ham bilmadim. 

 

Butun Oqqörğon ahlidan, butun Özbekiston aholisidan keçirim sörayman. Bu işlarimdan puşaymonman”, — deydi u. 


×