Tojikistondan jami 26 kilogramm 805 gramm giyohvandlik vositalarini kontrabanda yöli bilan Özbekistonga olib kelgan 6 kişi qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, olib borilgan tezkor tadbirda 1986 yilda tuğilgan Tojikiston fuqarosi davlat çegarasini qonunga xilof ravişda buzib ötgan vaqtida töxtatib qolingan. Unga tegişli sumka közdan keçirilganda, 15 dona öramdagi jami 14 kilogramm 584 gramm “gaşiş” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan. Şundan söng, uni buyurtma qilgan şaxsni aniqlaş yuzasidan tezkor tadbir davom ettirildi. Natijada, Farğona viloyatining Toşloq tumanida yaşovçi, 1969 yilda tuğilgan Bekobod tumanida narkotik moddani qabul qilib olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Boşqa holatda esa Farğona viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirda Toşkent viloyatining Bekobod tumanida yaşovçi, 1992 yilda tuğilgan şaxs qöşni davlatdan kontrabanda yöli bilan olib kelingan 9 kilogramm 467 gramm “opiy” moddasini sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi. Tergovga qadar tekşiruv davomida tojikistonlik narkokurʼer tomonidan Surxondaryo viloyati hududiga kontrabanda yöli bilan yetkazib berilgan mazkur giyohvandlik moddasini Denov tumanida yaşovçi, 1994 yilda tuğilgan fuqaro qabul qilib olib, Toşkent viloyatiga olib kelgani aniqlangan va u ham protsessual tartibda uşlangan.
Qöqon şahrida qayd etilgan holatda, “Farğona-Qöqon” yönalişida harakatlanayotgan Lacetti rusumli avtomaşina töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirildi. Natijada unda yölovçi sifatida harakatlanayotgan Qöqon şahrida yaşovçi, 1967 yilda tuğilgan fuqaro özining bel qismiga 1 kilogramm 759 gramm “gaşiş” moddasini yaşirib olgani aniqlandi.
Farğona şahrida kuzatilgan holatda esa, “Farğona-Toşloq” yönalişi böylab harakatlanayotgan, 1995 yilda tuğilgan şaxs boşqaruvidagi “Zaparojets” rusumli avtomaşina töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirilganda, uning salon qismida 995 gramm “gaşiş” moddasi borligi aniqlandi va tegişli tartibda rasmiylaştirib olindi.
Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









