DXX Tojikistondan qariyb 6 kg narkotik olib kirayotgan şaxsni uşladi

DXX Tojikistondan qariyb 6 kg narkotik olib kirayotgan şaxsni uşladi

Surxondaryo, Qaşqadaryo, Farğona va Namanganda giyohvand moddalari aylanmasiga qarşi ötkazilgan tezkor tadbirlarda 7 kilogramga yaqin turli xil narkotik va köp miqdorda kuçli taʼsir qiluvçi dori musodara qilindi.

DXXning Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi, Çegara qöşinlari hamda viloyat bojxona boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Uzun tumanida yaşovçi, 1991 y.t. fuqaro davlat çegarasini noqonuniy kesib ötib, Tojikiston Respublikasidan 5 kg 593 gr. “opiy” moddasini mamlakatga olib kelgan vaqtida qölga olingan.

Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning Uzun tumanida yaşovçi, 1986 y.t. jinoiy şerigi hamda uşbu ajal oğusining buyurtmaçilari hisoblangan, Denov tumanida istiqomat qiluvçi, 1985 va 1990 yillarda tuğilgan aka-uka ham uşlangan.

DXX Qaşqadaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlarining viloyat IIB bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirida esa Termiz şahrida yaşovçi, 1969 y.t. fuqaro va uning 1990 hamda 1992 yillarda tuğilgan 2 nafar öğli özlarining Cobalt rusumli avtomaşinasida Toşkent şahri tomon ketayotgan vaqtlarida Çiroqçi tumanidagi “Umakay” YPX maskanida töxtatilgan.

Avtomaşina közdan keçirilganda, uning motor qismiga yaşirib qöyilgan 1 kg “gaşiş” moddasi borligi aniqlanib, tegişli tartibda rasmiylaştirib olingan.

“Umakay” YPX maskanida qayd etilgan yana bir holatda “Termiz-Toşkent” yönalişi böyiça harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomaşina töxtatilib tekşirildi. Natijada, unda yölovçi sifatida ketayotgan 1959 yilda Denov tumanida tuğilgan, muqaddam ikki marotaba giyohvand moddalar bilan boğliq jinoyat sodir etganligi uçun sudlangan şaxs yonida 350 gr. “gaşiş” va 65 gr. “opiy” moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Aniqlanişiça, uçinçi şaxslar tomonidan Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yöli bilan olib ötilgan uşbu narkotiklar Toşkent şahrida sotilişi kerak bölgan.

Farğona tumanida yaşovçi, 1966 y.t., muqaddam giyohvand moddalar bilan boğliq jinoyat sodir etganligi uçun sudlangan fuqaro 426 gr. “gaşiş” moddasini Qirğiziston Respublikasidan kontrabanda yöli bilan olib ötib, şundan 107 grammini Buvayda tumanida yaşovçi, muqaddam sudlangan şaxsga sotayotgan vaqtida ularning ikkalasi ham qölga olingan.

Şuningdek, uning boşqaruvidagi Cobalt rusumli avtomaşina saloniga yaşirib qöyilgan narkotik moddaning qolgan qismi ham aniqlanib, tegişli tartibda rasmiylaştirib olindi.

Namangan viloyatida kuzatilgan holatda esa Toşkent şahri tomon harakatlanib ketayotgan avtotransport vositasi Pop tumanida joylaşgan “Namangan muntazam” YPX maskanida töxtatilib, közdan keçirilgan.

Natijada, unda 2160 dona flakonda “Tropikamid” kuçli taʼsir qiluvçi dori vositasi borligi maʼlum bölgan va protsessual tartibda olib qöyilgan. Aniqlanişiça, Qirğiziston Respublikasidan noqonuniy olib ötilgan mazkur dori vositalari Namangan şahrida yaşovçi, 1985 y.t. muqaddam sudlangan şaxsga tegişli bölgan.

Hozirda mazkur holatlar böyiça jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×