Ahmad Masʼud Imomali Rahmondan yordam söradi

Ahmad Masʼud Imomali Rahmondan yordam söradi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Afğonistonda inklyuziv hukumat şakllanişiga yordam berişi kerak. Bu haqda Afğoniston Milliy qarşilik fronti yetakçisi Ahmad Masʼud Afğonistonning Hirot viloyati sobiq gubernatori Ismoil Xon bilan uçraşuvda maʼlum qilgan. 

Uşbu uçraşuv joriy yilning 6 noyabr kuni Eronning Maşhad şahrida bölib ötgan. 

Rasmiy maʼlumotlarga köra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Tojikiston va Afğoniston örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 76 million 700 ming dollarni taşkil qilgan. 

Tojikiston Markaziy Osiyoda Afğonistonda hokimiyatni egallagan “Tolibon” harakatiga nisbatan murosasiz pozitsiyani egallagan yagona davlatdir. Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon “Tolibon”ni Afğonistondagi tojiklar huquqlarini mensimaslikda tanqid qilib, bu mamlakatda faqat inklyuziv hukumat tuzilişini qöllab-quvvatlaşini aytgan. 

Maʼlumot örnida, Afğonistonda tojiklar, hazoralar va özbeklar bölgan inklyuziv hukumatni şakllantiriş masalasi Tojikiston rahbari Imomali Rahmon tomonidan joriy yil 17 sentyabr kuni Duşanbeda Pokiston Boş vaziri Imron Xon bilan uçraşuvda muhokama qilingan. 

Aynan öşanda Tojikiston Prezidenti qarşilik va “Tolibon” vakillari örtasida Duşanbeda muzokaralar taşkil etişda yordam berişini aytgan, biroq hozirça bu taşabbus işlab çiqilmagan. 

Bundan taşqari, 23 sentyabr kuni Tojikiston Prezidenti BMT Boş Assambleyasining 76-sessiyasida sözlagan nutqida Afğonistonda saylovlar ötkaziş va barça etnik guruhlar vakillari, jumladan, afğon tojiklari iştirokida keng qamrovli hukumat tuzişga çaqirgan. 

Uning fikriça, Afğonistonning barça aholisi manfaatlarini hisobga olmasdan biron-bir hukumatning tuzilişi halokatli oqibatlarga olib kelişi mumkin.

×