Afğonistonning Panjşer viloyatidagi qarşilik kuçlari yetakçisi Ahmad Masʼud siyosatdan ketişi uçun «Tolibon» harakati qanday şartni bajarişi keraligini aytdi. Bu haqda «Sputnik Tojikiston» xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Masʼud uruşni töxtatib, siyosatdan ketişi uçun «Tolibon» harakati inklyuziv hukumat tuzişi, şuningdek, mamlakat fuqarolarining erkinligi va tengligini taʼminlaşi kerak.
«Agar ‘Tolibonʼ harakati hokimiyatni hamma bilan bölişmoqçi, adolat örnatmoqçi, Afğonistonda hamma uçun tenglik va erkinlikni taʼminlamoqçi bölsa, men orqaga çekinib, siyosatdan ketaman», — degan Masʼud.
Uning qayd etişiça, qarşilik kuçlari va «Tolibon» harakati örtasidagi ziddiyatni hal qilişning boşqa yöllari qabul qilinmaydi.
Maʼlumot örnida, avvalroq Afğonistondagi qarşilik kuçlari rahbari Ahmad Masʼud nima uçun «Tolibon» harakati hukmronligini qabul qilolmasligini aytgandi.
Maʼlum bölişiça, undan nima uçun «Tolibon» harakati Afğonistonda hukumat sifatida qabul qilinmasligi söralgan.
«Biz Afğonistonni na mintaqaviy kuçlar, na boşqa davlatlar tan olmaydigan davlatga ega bölişni xohlamaymiz. Biz Afğonistonda va undan taşqarida bir-birimiz bilan tinç-totuv yaşaşimizga tösqinlik qiladigan hukumatni xohlamaymiz. Bizda qarşilik körsatişga va salbiy stsenariyni amalga oşirişga yöl qöymaslikka kuç beradigan köplab savollar va xavotirlar mavjud. Afsuski, ‘Tolibon’ harakati öz işlari bilan allaqaçon inklyuzivlik, bağrikenglik, inson va ayol huquqlari, demokratik qadriyatlarga ega emasligini körsatdi. Xalqaro hamjamiyat uçun hukumatni tan olişlari muhim bölgan narsa. Biz alohida yaşaşni xohlamaymiz. Mintaqa va dunyo bilan yaxşi munosabatlar örnatolmaydigan hukumatni qabul qila olmaymiz. Bundan taşqari, biz öz xalqining huquqlarini eʼtiborsiz qoldiradigan hukumatni qabul qila olmaymiz», — degan u savolga javob berib.









