Etnograf ayol: «Eringiz barvaqt ölişini istamasangiz, unga yoş xotin olib bering»

Etnograf ayol: «Eringiz barvaqt ölişini istamasangiz, unga yoş xotin olib bering»

Qozoğistonlik etnograf Galiya Qandaulqizi ayollarga erlariga yoş xotin olib berişni tavsiya qilmoqda.

«Erkak kişi qari xotini oldida yaşayversa, erta öladi. Aksinça, yoş xotin oldida bölsa, yanada yoşarib boraveradi. Şuning uçun, agar eringizni barvaqt ölimgaduçor qilişni istamasangiz, unga yoş xotin olib bering. Eringiz yoş xotini oldida özini yoşargandek his qiladi va keksalikni unutadi.

Bu birinçi xotin uçun ham foydali. Siz eringizning yoş ikkinçi xotini oldida avtoritet ekanligingizni his qilasiz. U sizni katta opasidek köradi va xizmatingizni qiladi. Oldingizda majburiyatli ekanligini his qilib turadi.

Bugun kim keçki ovqat tayyorlaşini erning özi hal qiladi. Biz şu işga qöl ursak, erlarimiz soğlom böladi, erlarimiz soğlom bölsa, xalqimiz soğlom böladi. Buvilarimiz erlari uçun ikkinçi yoş xotinni tanlagan bölişardi», deydi etnograf.

Etnografning fikriça, ikkinçi xotin demografik muammolarni ham hal qiladi. U hozirgi ayollar ajdodlari kabi köp farzandli bölişni istamayotganlaridan taşvişda ekanligini taʼkidladi.

×