Sudyalarning çinakam mustaqilligini taʼminlaş va tizimda korruptsiyaning barvaqt oldini oliş

Sudyalarning çinakam mustaqilligini taʼminlaş va tizimda korruptsiyaning barvaqt oldini oliş

Namangan viloyat sudida Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi vakillari tizim xodimlari bilan  uçraşdi. Jonli muloqot şaklida ötgan uçraşuvning asosiy mavzusi sudyalarning çinakam mustaqilligini taʼminlaş va tizimda korruptsiyaning barvaqt oldini oliş haqida  böldi.

Sud-huquq islohotlarining hozirgi bosqiçida sud mustaqilligi, sudya daxlsizligi hamda tizimda korruptsiyaning barvakt oldini olişga  jiddiy eʼtibor qaratilayotgani bejiz emas. Çunki buning  huquqiy asoslari şakllantirib bölindi. Talab esa bitta: jamiyatda qonun ustuvorligini sözsiz taʼminlaşdir. Tayinlanayotgan jazolar sodir etilgan jinoyatga mos, har tomonlama asosli va  adolatli bölmoği lozim.

Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy yoki maʼmuriy – qaysi iş bölmasin, har tomonlama örganilib, xolis va asosli qarorlar qabul qilinişi kerak. Sud işini hal qilişda taniş-bilişçilik yoki qaysi bir tarafning manfaati  ustun qöyilişiga  sudyaning haqqi yöq ekani uçraşuvda alohida taʼkidlandi.

Qaçonki, uşbu illatlar tizimida korruptsiyaviy holatlar butkul yöqotilmas ekan, fuqarolarning sudlarga bölgan işonçini oşiriş qiyinlaşib boraveradi. Sudyalarimiz özlariga sudyalik vakolati berilişi bilan bir vaqtda juda katta masʼuʼliyat yuklanganini his qilişlari lozim.

Sudlarimiz çin maʼnoda Adolat qörğoniga aylanişi har bir sudya, har bir sud xodimining halol va pokligiga boğliq. 

Maʼlumki, sudyalar daxlsizligi buzilişining va ularning odil sudlovni amalga oşiriş borasidagi faoliyatiga aralaşişning oldini oliş böyiça çora-tadbirlar köriş – Sudyalar oliy kengaşining vakolat doirasidagi asosiy vazifalardan hisoblandi. Şuningdek,sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortiş, ularni jinoiy va maʼmuriy javobgarlikka tortiş uçun rozilik beriş haqidagi masalani körib çiqiş ham Kengaşvakolatiga tegişli masala.

Şundan kelib çiqib, Sudyalar oliy kengaşi aʼzolari ayrim sudyalar bilan yakkama-yakka suhbatlaşdilar.

Korruptsiya nafaqat işdagi taraflarning qonuniy manfaatiga, balki butun jamiyat taraqqiyotiga zarar yetkazuvçi illatdir. Qonun va huquq posboni bölgan sud xodimlari orasida bunday holatlarning biron bir körinişi bilan kelişib bölmaydi.

Şuningdek,  sudlarning ommaviy axborot voistalari bilan hamkorligi masalasida ham alohida töxtalib ötildi.  Çunki,  sud organlarining faoliyatida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş bugunning  muhim talablaridan biridir. Ikkinçidan, qonun ustuvorligi  va fuqarolarning haq-huquqlarini taʼminlaş masalasi jamiyatda huquqiy madaniyat qanday şakllanganiga ham boğliq.  Sud organlari faoliyatidagi oçiqlik ham,  fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini şakllantirişda ham  ommaviy axborot vositalarining örni katta.

×