Arab şayxi: menga jannatni emas Özbekistonni tasvirlab bering

Arab şayxi: menga jannatni emas Özbekistonni tasvirlab bering

Şuhrat bobo hamda Fotima momoning Muborak Haj safaridan qaytganiga ham uç yil bölibdi. Ammo, otaxonning Makka köçalaridagi bir arab şayxi bilan bölgan suhbati taassurotlaridan hali ham hayratdaman. Bu men uçun ibrat va şukronalik neʼmati. Nega?
Öylab köraylik, oddiy bir özbekning kundalik hayoti tasviri badavlat bir arab şayxi nazdida jannatni tasvirlaşdek qiymatga ega ekan, nega hadeb hayotdan noliş, atrofda bölayotgan bunyodkorlik, obodlikni atayin nazarga ilmaslik, aslida hayot neʼmati boylik emas xotirjam ötgan bir kun bilan qiyoslanişini tan olmasligimiz kerak. Nega bu musaffo osmon, bu saxovatli zamin, bu çuğurçuq nabiralar aslida baxt ekanligini anglab yetmasligimiz kerak.
Nega bu neʼmatlar qadrini anglagandan keyin attang deya peşonaga urişimiz kerak.
Mana şu kabi xayollar Makka köçalarida Şuhrat bobo va arab şayxi örtasidagi suhbatni yana bir bor eslaşga asos böldi.
Esimda, Makka köçalarida ikki odam maşinasidan tuşib yonimga keldi. Oppoq soqolimga tikildi-da, kamzulimga qarab “Yuzingizdan nur yoğiladi. Qayerdansiz?”, deb qoldi.
Şunda men: “Behisob şukr, Özbekistondanman”, dedim.
Nogahon, “Otaxon, men asli özbekman. Qatağon davrida ota-onam şu yerda panoh topgan. Ota yurtim Özbekiston. Uzr, bu janob saudiyalik arab şayxlaridan. U sizdan yurtingiz hayoti, bir kunlik hayotingiz qanday ötişini söragisi kelyapti”, deb qoldi. Keyin bilsam u yigit tilmoç ekan.
— Mayli bolam, sadqai suxanning. Jonim bilan. Azonda uyğonaman. Kelinlarim baraka topsin, issiq suv-u soçiqlarni hozirlab qöyişadi. Joynamoz ustida yurtimiz tinçligi, nabiralarim kelajagini sörayman. Azonlab dalaga jönayman. Quyoşni uyğotiş ilinjida bedana-yu, bulbul xonişi, qaldirğoçlarning şöx raqslarini miriqib tomoşa qilaman. Har ketmon urganda, Xudodan rizq-nasiba sörayman. Nonuştaga tirsillab yorilgan qovun, qirsillagan olmalarni boğimdan uzib xonadonimga şoşaman. Şirmoy yuzli nabiralarimni tizzamga qöyamanda, sersut sigirimning qaymoğini obi nonga botirib maza qilib tanovul qilamiz. Boşqalarni bilmadim-u, mening xonadonimda çaqaloq va non ifori doim ufurib turadi. Söri atrofidagi sadarayhonni aytmay qöyay. Kampirim baraka topsin gullardan közlarim quvnaşini biladi. Uyimning har burçagidan beşikning ğiyçillaşi-yu, avlodim davomçilariga aytilayotgan alla sadolari ostida yana dalaga jönayman. To kun qizigunça, qirdagi intensiv boğimga şönğiyman. Nogahon boğ yaqinidagi buloqning zilol suvida çayqalib suzayotgan olmalarni körib iştaham oçiladi. Belboğimdagi nonni musaffo buloq suviga botirib paqqos tuşiraman. Quyoş tikka bölgaç, oilamga çopaman. Qirsillagan tarvuzdan nabiralarim çapak çaladi.
Biroz pinakka ketib söngra çoyxonaga çiqaman. Olov hidi ufurib turgan pamil çoyni sipqorib nuroniy çollar bilan gurung qilaman. Biz ötirgan şotining ostidan muzdek anhor oqadi. Nogoh Xizr alayhissalom haqida öylayman. Xizr alayhissalom ötirgan joy, namoz öqigan çöllar yam-yaşil, qurigan öt-ölanlar çayqalib kökarişidek karomatga imon keltiraman. Xizr degani “yam-yaşil” deganida bolam.
Bölmasa çölning qoq örtasida Samarqandu Buxoro, Xiva-yu Şahrisabz nima qilsin. Qizilqum sahrosi yuragida Nurota çaşmasiga nima bor?
Ostona hatlab uyga kirsam, dimoğimni palovxontöraning isi qitiqlaydi. To men qöl uzatmaganimça, heç kim taomga qöl uzatmaydi. Söngra öğillarim işkomdan saratonning oftobiga qizargan uzumlardan olişadi.Nabiralarim ertak eşitiş ilinjida oyoq-qöllarimni uqalay boşlaydi. Biram rohatki, taʼrifga til ojiz. Bolam bir kunlik hayotim şu, – deb tarjimonga yuzlanibdi. — Ha aytgança, esim qursin. Bolam bir gapni aytmasam bölmaydi. Bir kuni yölda ketayotsam qöqqisdan, adirlikda terak novdasiga közim tuşib qoldi. Adirda terak qadagan çala boğbondan aççiğim çiqdi. Birdan xandon otib kulib yubordim. Sababi, öşa çöpni ötgan yili çöponlar adirga suqib ketişgan.
Yerga suqilgan terak şohi esa niholga aylanibdi. Jannatmonand Özbekistonda!
Mana sen payğambar avlodiman deysan bolam. Qurʼonni bilasan. Zamaxşariy bobom yozgan arab grammatikasi öqigansan maktabda, barakalla. Al-Buxoriy bobom töplagan “Saxixiy Buxoriy” kitoblarini öqigansan. Endi Qurʼondagi oyatlarni bir esla.Alloh Qurʼonning Tavba surasida “Alloh möminlarga ostidan anhorlar oqib turadigan, mangu yaşaydigan jannat (boğ)laridagi yoqimli maskanlarni vaʼda qildi. Allohning rizosi esa, (hammasidan) buyukroqdir. Ana şu(lar) ulkan yutuqdir” (72-oyat) deya xuşxabar bergan.Senga bir maslahat beray. Özbekistonga bor. Şunda uşbu oyatning bu dunyodagi tasvirini körasan. Yam-yaşil işkom ostidan oqib ötayotgan anhorga razm solasan. Kavsar buloğidek tiniq va şaffof. Anhor ustidagi soya-salqin söridan tuşmay şundoq tepaga qöl çözasan, dunyo bozorlarida talaş Parkent uzumi, yon tomonga qöl çözsang koreyslar sevgan gilos, yaponlarni lol qoldirgan naşvati noklarni körginda keyin meni esla.
Tilmoçning tarjimasidan söng arab şayxining bir yuzi jilmaysa, ikkinçi yuzi hayratdan qotganmiş. Otaxonning aytişiça, niqob qiroli Jim Kerri hijolatmiş. Arab tilmoçga allanimalar debdi.
Şunda tilmoç:
— Keçirasiz otaxon, bu janob javobingizdan hayron. Oçiği, suqilgan tayoqni kökartirayotgan jannatmonand zamin, tars yorilgan qovun-u, buloqda oqib kelayotgan qirmizi olmalar, muzdek suvda botirib paqqos tuşirilgan non, yam-yaşil işkom ostidan oqib ötayotgan kavsar buloğidek tiniq va şaffof anhor ustidagi söridan tuşmay kirsillagan uzum, tilyorar naşvati noklarni uzib oliş... Töğrisi men ham özbekman. Oçiği işonmayapman. Şuning uçun mana bu arab hayratda. Sizga sörayaptiki,“Iltimos, jannatni emas, yurtingizni tasvirlab bering!”
Jonibek ŞUHRATOV Manba: ÖzA

×