2019 yil 19 oktyabr kuni soat 17:30 da fuqaro B.D. va tanişlari A.A. hamda «I» ismli şaxslar bilan jinoiy til biriktirib, Toşkent şahar Mirobod tumani hududida jinoyatga qöl urdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Içki işlar Vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berib ötdi.
Nomi yuqorida keltirilgan şaxslar köçada ketayotgan fuqaro N.H.ga tegişli narxi 500.000 sömlik «Samsung Galaxi A6» rusumli uyali telefon apparatini qönğiroq qilib oliş bahonasida olib, qaytarib bermay A.A.ga tegişli «Nexia-2» rusumli avtomaşinaga ötirib, hodisa joyidan yaşiringan. Körilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida, B.D. va A.A.lar uşlanganlar.
Holat yuzasidan 2019 yil 30 oktyabr kuni Mirobod tumani 3-sonli içki işlar bölimi huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan fuqarolar B.D., A.A. va «I» ismli nomaʼlum şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonçilik, bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida A.A. va B.D.lar muqaddam bir neça marotaba talonçilik jinoyatini sodir etganliklari aniqlanib, ularga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 3-qismi «a» bandi (takroran sodir etilgan talonçilik) bilan ayblov eʼlon qilinib, «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Şu bilan birga, hozirda «I» ismli nomaʼlum şaxsni aniqlaşga qaratilgan tezkor-qidiruv çora-tadbirlari körilmoqda.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasi böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi taʼminlanadi.
Agarda siz ham uşbu şaxslar harakatlaridan jabr körgan bölsangiz, Toşkent şahar Mirobod tumani IIO FMBning 71-291-58-02, 71-230-38-75 va 71-230-38-43 raqamlari orqali murojaat qiling.
manba: xabar.uz









