Kuyov töy kunida YHTga uçrab halok böldi

Kuyov töy kunida YHTga uçrab halok böldi

Qaşqadaryo viloyati, Kitob tumanida yöl-transport hodisasiga uçragan yigit halok böldi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 2 noyabr kuni soat 04:20 larda Qaşqadaryo viloyati, Kitob tumani, Qaynar M.F.Y. hududidan ötuvçi M-39 avtomobil yölining 1143-kilometrida haydovçi, 1990 yilda tuğilgan J.J. «Nexia» rusumli avtomobilni boşqarayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boşqaruvini yöqotgan va yöl çetidagi katta toşga urilib, ağdarilib ketgan.

YTH natijasida avtomobilda yonğin yuzaga kelgan. Yonayotgan maşinadan haydovçini çiqarib olişning imkoni bölmagan.

Haydovçi, YTH hamda yonğin oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maʼlumotlarga köra, şu kuni haydovçining töy kuni bölgan. 

×