Samarqand viloyatining Payariq tumanida erkak turmuş örtoğining uyiga borib, 62 yoşli qaynotasi va 60 yaşar qaynonasini piçoqlab öldirdi. Bu haqda Özbekiston Boş prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea joriy yilning 10 iyun kuni soat 12:00 lar atrofida sodir bölgan.
Gap şundaki, 1988 yilda tuğilgan J.M. Payariq tumani “Nakurt” mahallasi Bektöpi qişloğida yaşovçi qaynotasi R.J.ning uyiga kelib, rafiqasi Z.A. bilan oilaviy masalalarda janjallaşgan. Er-xotin örtasidagi kelişmovçilikka dastlab qaynona N.J., keyin esa qaynota R.J. aralaşgan. Özaro janjal oqibatida kuyov avval qaynonasi (1964 yilda tuğilgan), keyin esa qaynotasiga (1962 yilda tuğilgan) oşxona piçoği bilan köplab kesuvçi va sançib kiruvçi jarohatlar yetkazgan. Oqibatda qaynota va qaynona olgan oğir tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan kuyov J.M.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) 2-qismi “a”, “j” bandlari bilan jinoyat işi qözğatildi.
Jinoyat işi böyiça J.M. gumon qilinuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilinib, himoya huquqi bilan taʼminlangan holda Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan.









