Avstraliyada bir kunda 90 ta kit halok böldi

Avstraliyada bir kunda 90 ta kit halok böldi

Avstraliyaning ğarbiy qismidagi Tasmaniya orolida 90 ta kit nobud böldi. Bunga jonivorlarning özini quruqlikga otgani sabab böldi.

Jami 270 ga yaqin kit özini qirğoqqa uloqtirgan. Qutqaruvçilar yetib kelganida ularning 90 nafar ölgani maʼlum bölgan. Qolgan jonivorlarni suvga qaytariş uçun esa ikki kun kerakligi aytilmoqda. Qutqaruv operatsiyasi noqulay ob-havo sabab yana qiyinlaşyapti.

Hundreds of pilot whales are stranded at Macquarie Heads at Strahan | The Mercury

Hodisa Makkuori böğozida sodir bölgan. Biologlar halok ölgan kitlar soni ortişi mumkinligini aytgan. Kitlarning bunday harakatiga nima sabab bölgani nomaʼlum. 

Maʼlumotlarga köra, bunday keng kölamli fojia 2000-yillardan beri yuz bermagan. Ammo har yili 2 mingdan ortiq kit özini qirğoqqa otadi.

×