Farğonada Lacetti va Matiz töqnaşuvi oqibatida 2 kişi vafot etdi

Farğonada Lacetti va Matiz töqnaşuvi oqibatida 2 kişi vafot etdi

Farğona viloyatida Lacetti qarama-qarşi yönalişga çiqib ketib, Matiz bilan töqnaşdi. Oqibatda Matiz haydovçisi va yölovçisi vafot etdi, 3 kişi jarohatlandi.


Lacetti va Matiz iştirokidagi yöl-transport hodisasi oqibatida 2 kişi vafot etdi, deya xabar qilmoqda IIV «Mening yurtim» telekanali «Markaziy studiya» informatsion dasturiga tayanib.

Farğona viloyatida yuz bergan hodisada 1985 yilda tuğilgan fuqaro Lacetti avtomobilini boşqarib ketayotib, qarama-qarşi yönalişga çiqqan vaqtda öz yönalişida kelayotgan 63 yoşli haydovçi boşqaruvidagi Matiz rusumli avtomobil bilan töqnaşdi.

YTH oqibatida Matiz haydovçisi voqea joyida, yölovçisi esa şifoxonada vafot etdi. Yana 3 kişi jiddiy jarohat oldi.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

×