Birinçi hodisa 25 oktyabr kuni 15:30 lar atrofida Çust tumanida sodir bölgan. 1991 yilda tuğilgan Damas haydovçisi Köktoş mahallasi hududida yöldan ötayotgan 71 yoşli fuqaroni urib yuborgan.
Piyoda körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 26 oktyabr kuni olamdan ötgan.
Ikkinçi holat 27 oktyabr kuni soat 16:30 lar atrofida Töraqörğon tumanida qayd etilgan. 1988 yilda tuğilgan Cobalt haydovçisi harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, qarama-qarşi yönalişga ötib ketgan. Oqibatda u 30 yoşli fuqaro boşqaruvidagi Damas`ga borib urilgan.
Damas haydovçisi bilan birga jami 10 kişi boş miya oçiq va yopiq şikasti, qovurğa suyaklari sinişi, öng oyoq boldir suyagi sinişi va çiqişi kabi oğir jarohatlarni olgan. Ularning ikki nafari, 34 yoşdagi ayol va uning öğli voqea joyida vafot etgan.
Şifoxonaga yotqizilgan fuqarolar 30 yoşdan 70 yoşgaça bölib, ularning orasida 2 yoşli qizça ham bor.









