Bugun 5 ta hududdan taşqari barça viloyatlarda yomğir yoğadi. Ayrim joylarda kuçli bölişi mumkin

Bugun 5 ta hududdan taşqari barça viloyatlarda yomğir yoğadi. Ayrim joylarda kuçli bölişi mumkin

Özbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga köra, bugun kun davomida Özbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida şakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib kelişi davom etadi. Havoning özgarib turişi kutilmoqda, yomğir yoğadi, baʼzi joylarda kuçli bölişi mumkin. Momaqaldiroq ham bölişi mumkin. Qoraqalpoğistonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gaça kuçayadi. Havo harorati 10-15° iliqni taşkil etadi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gaça kuçayadi. Havo harorati 12-14° iliq atrofida böladi.

Respublikaning toğli hududlarida havo özgarib turadi, baʼzi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, baʼzi joylarda kuçli bölişi mumkin. Qor köçişi xavfi bor. Tuman tuşişi mumkin. Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gaça kuçayadi. Havo harorati 0-5° iliq böladi.

×