Ijtimoiy tarmoqlarda “Yana bir töy trendi – maşina yölini tösib, raqsga tuşiş…”, “Karantin payti 30 kişidan ham orttirib töy qiliş u yoqda tursin, serqatnov maşinalar katta yölini tösib qöyib, yölni örtasida raqs tuşişyapti. Tirbandlik yuzaga keldi” nomli videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, Samarqand şahri böyiça IIO FMB xodimlari tomonidan zudlik bilan tezkor-profilaktik tekşiruv işlari olib borilgan.
Aniqlanişiça, Samarqand şahrining “Boği baland” MFYda yaşovçi, 1980 yilda tuğilgan D. 2020 yilning 7 oktyabr kuni yaşaş manzilida qizining nikoh töyi marosimini uyuştirgan.
Töy marosimi karantin qoidalariga zid ravişda amalga oşirilib, kuyov navkarlar Samarqand şahar Afrosiyob köçasi avtomobil yölini tösib, transport vositalarining harakatlanişiga tösqinlik qilgan.
Töy sohiblariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismiga köra maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirildi. Hozirda uşbu holatdagi barça huquqbuzarlarni aniqlab, qonuniy çora körişlik maqsadida, tezkor-profilaktik tekşiruv işlari olib borilmoqda. Barça huquqbuzarlarning şaxsi aniqlanib, qonunda belgilangan qatʼiy çoralar körilişi maʼlum qilingan.









