Bugungi kunda Toşkent davlat yuridik universitetiga öqişga kirişda abituriyentlar 2 ta bölimdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topşiradi. Bular:
- 1-bölimda barça yönalişlar uçun majburiy 3 ta fan – Ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili), Matematika va Özbekiston tarixi;
- 2-bölimda «yurisprudentsiya» taʼlim yönalişi böyiça 2 ta fan – Tarix va Çet tili fanlari.
TDYUUga öqişga kirişda 2023/2024 öquv yilidan boşlab test sinovlarining 2-bloki, yaʼni «yurisprudentsiya» bakalavriat taʼlim yönalişiga mos fanlar böyiça tarix fani örniga huquqiy fanlarni kiritiş masalasi universitet Kengaşida körib çiqildi va maʼqullandi.
Mazkur taklifning joriy etilişi bir qator ijobiy natijalarga xizmat qiladi, xususan:
● maktab yoşidanoq bolalarni huquqiy fanlarni çuqur özlaştirişga, Konstitutsiya va qonunlarni puxta örganişga;
● maktablarda sifatli, xalqaro standartlarga mos yuridik darsliklarning yaratilişiga;
● huquqşunoslik fanlaridan taʼlim beruvçi öqituvçilarga nisbatan qöyiladigan talablar oşişi natijasida ularning malakasini doimiy oşirib borişi uçun mustahkam zamin yaratiladi;
● TDYUUga dastlabki huquqiy bilimlarga ega yoş avlod vakillari kirib kelişiga erişiladi.
Maʼlumot uçun: bugungi kunda umumiy örta taʼlim maktablarida 4 yil davomida yuqori sinflarda Davlat va huquq asoslari hamda Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanlari öqitib kelinmoqda. Test savollari uşbu darsliklar asosida tuziladi.









