2025/2026 öquv yilida bakalavriatga qabul uçun test sinovi topşiriladigan fanlar böyiça test topşiriqlari soni hamda baholaş mezonlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegişli buyruği bilan 2025/2026 öquv yili uçun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yönalişlariga mos test sinovi topşiriladigan fanlar böyiça test topşiriqlari soni hamda baholaş mezonlari ötgan yilgi qabuldek qoldirilgan.
Unga köra, barça test topşiruvçilar uçun majburiy 3 ta fan:
- Ona tili (özbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
- Matematika x 10 ta;
- Özbekiston tarixi x 10 ta;
- 30 ta savol uçun 1.1 balldan jami 33 ball.
Bakalavriat taʼlim yönalişiga mos bölgan 2 ta fan:
- 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
- 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
- 60 ta savoldan jami 156,0 ball.
2025/2026-öquv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan böyiça jami 90 ta test topşiriği beriladi. Bunda töplaş mumkin bölgan maksimal ball – 189 ballni taşkil etadi.









