“Barselona” Husanovni sotib olişni rejalaştirmoqda – OAV

“Barselona” Husanovni sotib olişni rejalaştirmoqda – OAV

Ispaniyaning “Barselona” klubi “Mançester Siti” klubi va Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Abduqodir Husanovni qişki transfer oynasida öz safiga qöşib olişga qiziqiş bildirmoqda. Bu haqda “FullTime Report” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, kataloniyaliklar 2027 yilning yanvar oyida transferni amalga oşiriş uçun rasmiy taklif yuborişni rejalaştirmoqda.

Maʼlumki, “Barselona” ötgan yozda markaziy himoya çiziğini kuçaytirişni rejalaştirgan edi. Biroq klub uşbu pozitsiyaga yangi futbolçi jalb qila olmadi. Şu bois kataloniyaliklar qişki transfer oynasida himoya çiziğini kuçaytiriş variantlarini körib çiqişi mumkin.


Ayni paytda “Mançester Siti” moliyaviy qoidalar bilan boğliq jiddiy muammolarga duç kelmoqda. Agar “Barselona” Husanov uçun mançesterliklarni qanoatlantiradigan taklif bilan çiqsa, Angliya klubi futbolçini sotiş masalasini körib çiqişi mumkin. Hozirça transfer böyiça klublar örtasida rasmiy kelişuv borligi haqida maʼlumot yöq.

Maʼlumot uçun, Abduqodir Husanov joriy mavsumda “şaharliklar” safida barça musobaqalarda 8 ta uçraşuvda maydonga tuşib, jami 596 daqiqa harakat qildi.


×