Alimentdan qarzi bölsa işga olinmaydimi?

Alimentdan qarzi bölsa işga olinmaydimi?

— Alimentdan qarzdorligim borligi uçun heç qaysi taşkilot işgaolmayapti. Qonun böyiça bu töğrimi?

— Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini 78-moddasiga asosan Işga qabul qilişni ğayriqonuniy ravişda rad etişga yöl qöyilmaydi.

Quyidagilar işga qabul qilişni ğayriqonuniy ravişda rad etiş deb hisoblanadi:

* uşbu Kodeks 6-moddasining birinçi qismi talablarining buzilişi;

* iş beruvçi tomonidan taklif qilingan şaxslarni işga qabul qilmaslik;

* iş beruvçi qonunga muvofiq mehnat şartnomasi tuzişi şart bölgan şaxslarni (belgilangan minimal iş joylari hisobidan işga yuborilgan şaxslarni; homilador ayollarni va uç yoşga tölmagan bolalari bor ayollarni tegişinça ularning homiladorligi yoki bolasi borligini vaj qilib) işga qabul qilmaslik;

* muqaddam sudlangan şaxslarni işga qabul qilmaslik, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno, yoxud şaxslarni ularning yaqin qarindoşlari sudlanganligi munosabati bilan işga qabul qilmaslik;

Işga qabul qiliş rad etilgan taqdirda, xodimning talabi bilan iş beruvçi işgaqabul qilişni rad etişning sababini asoslab uç kun muddat içida yozma javob berişi şart, bu javob işga qabul qiliş huquqiga ega bölgan mansabdor şaxs tomonidan imzolangan bölişi lozim. Asoslantirilgan javob beriş haqidagi talablarni qondirişni rad etiş xodimning işga qabul qiliş ğayriqonuniy ravişda rad etilganligi ustidan şikoyat qilişiga tösiq bölmaydi.                                                                                                       

Savolga Oliy sudning Murojaatlar bilan işlaş boşqarmasi katta konsultanti Doston Jurayev javob berdi

×