«Agar şunday bölsa, holimizga voy örtoqlar» — Rasul Kuşerbayev

«Agar şunday bölsa, holimizga voy örtoqlar» — Rasul Kuşerbayev

Oliy Majlis deputati Rasul Kuşerbayev Ekologiya qömitasidagi işdan böşatişlar haqida özining şaxsiy mulohazalarini bildirib ötdi.



«Ekologiya qömitasi raisi örinbosari bölgan Islombek Boqijonovning yönalişi çiqindilarni tartibga soliş bölsa-da, ötgan davrda ular bilan daraxt kesişga qarşi masalalarda köp işladik.

Men Ekoqömitada tabiatni sevadigan odam işlaşi kerak, deb hisoblayman va Islombek aka şundaylardan.

Oxirgi uçraşuvimizda çiqindilarni boşqarişda davlat xususiy şeriklikda işlaş uçun 50 dan ortiq bitimlarni imzolanişiga erişişganini aytgandi. Investitsiya summasi 1 trln atrofida ekan.

Töğri, oldinda muammolar köp, biroq bu yeng şimarib işlaşning boşlanişi edi.

Şuningdek, yaqinda Çilonzor va Uçtepa tumanlaridagi daraxtkuşlikda ham Islombek aka jonbozlik körsatib, qança bosim va qiyinçilik bölmasin, faollarni yonida turgandi. Öşanda qömitadan boşqa heç kim kelmagan.

Kuni keça esa ular işdan olingan. Sababi nomaʼlum.

Ularning işdan ketişiga sabab haqida köpçilik qatori mendagi taxmin ham aynan daraxtkuşlik voqealariga boğlanmoqda.

Afsuski, köpçilik aynan qiyin, qaltis vaziyatlarda daraxt kesayotganlarga qarşi kuraşda negadir panada turardi, Islombek aka esa aksinça yonimizda bölgan.

Nazarimda daraxtkuşlikka qarşi kuraşayotgan, tabiatni saqlab qoliş yölida harakat qilayotganlar haqida rahbariyatga noxolis maʼlumotlar kiritilmoqda. Va bu iş boşida daraxt kesilişidan manfaatdor tomonlar bölişi mumkin.

Agar şunday bölsa holimizga voy örtoqlar: haqiqiy «yaşil makon»ni tuşimizda köramiz», deb yozadi deputat.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 7 sentyabr kuni Toşkent şahri Çilonzor tumani hududida quriliş taşkiloti tomonidan 58 tup daraxtni kesib taşlagani jamoatçilik faollarining norozilikariga sabab bölgandi. 10 sentyabrga ötib esa, Boş prokuratura holatga munosabat bildirib, quriliş taşkiloti rahbarining kesilgan daraxtlar uçun qariyb 800 mln söm badal puli tölab berganini maʼlum qilgandi. 


×