Namangan va Andijonda “tabletka” savdogarlari uşlandi

Namangan va Andijonda “tabletka” savdogarlari uşlandi

Namangan va Andijon viloyatlarida kuçli taʼsir qiluvçi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritiş bilan şuğullangan şaxslar uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Qayd etilişiça, departamentning Pop tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Yo. 938 dona “Regapen” nomli kuçli taʼsir qiluvçi dori vositasini fuqaro O.N. ga 7 700 AQŞ dollariga sotayotgan vaqtida uşlangan. Undan yana 1 848 dona kuçli taʼsir qiluvçi dori vositasi aşyoviy dalil sifatida olingan.

Tergovga qadar tekşiruvda M.Yo. mazkur dori vositalarini muqaddam sudlangan tanişi M.S. bilan Farğona şahridan sotib olgani aniqlangan. M.Yo. ning vazifasi dorilarni lokatsiyalar böyiça joylaştiriş va ularning saqlanişini taʼminlaş, M.S. ning vazifasi esa mijoz topib, dorilarni sotişdan iborat bölgan.



Şuningdek, departamentning Baliqçi tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.O. ning “Navröz” MFY hududidagi xonadoni közdan keçirilgan. Undan sotiş maqsadida saqlangan 308 dona “Regapen” dori vositasi aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-6-moddasi (Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuçli taʼsir qiluvçi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş) bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


×