Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat universitetining tarix fakulteti binosining törtinçi qavatidan homilador ayol tuşib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.
Universitet maʼmuriyati uşbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, haqiqatda bugun soat 14:00 atrofida Andijon davlat universiteti 1000 örinli binosi 4 qavatidan ayol kişi ehtiyotsizlik oqibatida tuşib ketgan.
Holat quyidagiça sodir bölgan: bugun, 4 dekabr kuni ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabalari ota-onalari uçun majlis ötkazilgan. Majlis universitetning 1000 örinli binosi 4-qavatida joylaşgan kiçik majlislar zalida bölib ötgan. Unda iştirok etgan talabalardan birining kelinoyisi yiğiliş bölayotgan vaqtda telefon bölib qolgani sababli yiğilişdan çiqib, telefonda suhbatlaşgan.
Ayni vaqtda şu qavatda binoning zinalarini yangi, baquvvatroğiga aliştiriş uçun eskisi olib taşlanib, yangisini örnatiliş işlari amalga oşirilayotgan bölgan.
Ayol telefonda suhbatlaşiş jarayonida quriliş bölayotgan hududni anglatuvçi belgi va tösuvçi tasmalarga ahamiyat bermasdan zinapoya tomonga yurgan va eʼtiborsizlik oqibatida tuşib ketgan. Bunda quriliş-taʼmirlaş işlar olib borilayotgan hudud töliq berkitib qöyilmaganligi, tösiq lentalariga esa eʼtibor bermasligi sabab bölgan.
Hodisa yuz bergan vaqtning özidayoq universitetning masʼul xodimlari tomonidan şoşilinç tez yordam çaqirilib, fuqaro respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga universitet maʼmuriyati vakillari hamrohligida olib borilgan va birinçi yordam körsatilgan.
Maʼlum qilinişiça, ayol homilador bölmagan.
Vaziyat böyiça qöşimça axborot berib borilişi qayd etilgan.









