Avtomobilni boşqarayotgan paytda ehtiyotsizlikka yöl qöyiş köngilsiz hodisalarga olib kelişi mumkin. Mana şunday ehtiyotsizlik oqibatidagi yöl-transport hodisasi Namangan viloyatida röy berdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 13 yanvar kuni soat 10:30 larda Namangan viloyati Namangan tumani “Navqiron” MFY hududida 1999 yilda tuğilgan haydovçi A.R. Spark rusumli avtomobilni boşqarayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmasdan boşqaruvni yöqotgan va avtomobil yöldan çiqib ketib ağdarilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan tumani IIB YHXB tomonidan suriştiruv işlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.









