Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida Spark haydovçisi öziga qöpollik qilgan Kaptiva haydovçisining köziga suyuqlik sepib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Içki işlar boşqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilişiça, 1987 yilda tuğilgan fuqaro T.M. 31 avgust kuni soat 09:30 lar atrofida «Kelajak tonggi» mahallasida Sparkda harakatlanib ketayotgan vaqtida uning orqasidan kelayotgan Kaptiva haydovçisi D.Y. yöl berişini sörab, signal çalgan.
Söng Sparkni quvib ötib, avtomaşina harakatlanişiga qarşilik qilgan.Qayd etilişiça, D.Y. maşinasida svetoforning qizil çiroğidan ötib, ortiga qaytgan va Spark eşigini oçib, fuqaro T.M.ga haqoratli sözlar bilan murojaat qilgan. T.M. yovvoyi hayvonlardan himoya qiliş maqsadida işlatiladigan suyuqlikdan D.Y.ning köz qismiga sepgan.
Şundan söng fuqaro D.Y. voqea joyidan ketgan.Taʼkidlanişiça, dastlabki suriştiruv natijasida D.Y. 31 avgust kuni özining şaxsiy işlari bilan Döstlik çegara posti orqali Qirğizistonga çiqib ketgani aniqlangan. Hozirda uning yaşaş manziliga olib keliş çoralari körilmoqda.









