Özbekistonlik sobiq diplomat davlatga xoinlikda ayblanib, qamaldi

Özbekistonlik sobiq diplomat davlatga xoinlikda ayblanib, qamaldi

Özbekistonlik sobiq diplomat sud hukmi bilan 5 yil ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Bugun, 9 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Harbiy sudida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 157-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan sobiq diplomat K. Yusupovga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi.

Bir neça oy davomida ötkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvçi va guvohlarning körsatmalari tinglanib tahlil qilindi. DXX Tergov boşqarmasi tomonidan töplangan dalillarga baho berilib, sudlanuvçining vajlari tekşirildi.

Sud jinoyat işi materiallarini har tomonlama va töliq örganib, sudlanuvçi K.Yusupov davlatga xoinlik qiliş jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topdi.

Sudlanuvçiga nisbatan jazo çoralarini belgilaşda sud Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoyat qonunçiligida belgilangan insonparvarlik va adolat tamoyillariga ham asoslandi.

Natijada, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, sudlanuvçining şaxsi, oilaviy ahvoli kabi jazoni yengillaştiruvçi va oğirlaştiruvçi holatlar eʼtiborga olinib, K. Yusupovga 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Qalampir.uz

×