Alişer Qodiov Qaşqadaryoda qanday masalalarni kötardi?

Alişer Qodiov Qaşqadaryoda qanday masalalarni kötardi?

“Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Alişer Qodirovning saylovçilar bilan uçraşuvlari davom etmoqda. Nomzod keça 29 sentyabr kuni Qaşqadaryo viloyatiga yetib keldi va saylovoldi uçraşuvini Saido Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanişuvdan boşladi.

1943-yilda şahar kutubxonasi sifatida faoliyatini boşlagan markaz bugun 300 mingga yaqin kitob fondiga ega. Kutubxonada joriy yilda 3 mlrd sömlik quriliş-taʼmirlaş işlari amalga oşirilib, şart-şaroitlar yanada yaxşilandi.

Şundan söng, Qaşqadaryolik saylovçilar bilan uçraşuv boşlandi. Qarşi şahrida öttgan uçraşuvni işonçli vakil Sayfulla Maxmatmöminov oçib, nomzodning tarjimai holi bilan taniştirdi. Qodirov Qaşqadaryo haqida gapirar ekan, bu yurt Nasafiylar, Keşiylar yurti ekanini, Amir Temurni allalagan, Abdulla Oripovga qalam tutqazgan Vatan ekanini taʼkidladi.

– Şu bois, har doim Qaşqadaryoga kelgan odamni hayajon bosadi. Sönggi beş yilda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar natijalarini Qaşqadaryoda, viloyat xalqi kundalik hayotida köriş mumkin,  – dedi nomzod.

Qaşqadaryo uçraşuvida ham asosiy eʼtibor tarbiya va taʼlim tizimini isloh qiliş, öqituvçilarga qulay şart-şaroitlar yaratiş, zamonaviy öquv qöllanmalari tayyorlaş, eng asosiysi, pedagogikani öz hayotining mazmuni deb bilgan mutaxassislarni tayyorlaş masalalariga qaratildi.

Alişer Qodirov:

– Maktablarda ham hunar örgatişga katta eʼtibor qaratiş kerak. Hatto oliy maʼlumotli insonning ham qölida albatta hunari bölişi lozim. Yoşlarda boy bölişning yagona yöli oliy maʼlumot oliş degan tuşunça bor. Bu notöğri qaraşdir. Maktablarda 7-sinfdan keyin bolalarning qiziqişiga qarab guruhlarni şakllantiriş lozim. Ular orasida ertangi kunimizning tadbirkorlari, hunarmandlari, ilmga iqtidorlari bor . Davlatni ana şunday insonlar boyitadi. Faqat ularni töğri tarbiyalab, töğri yölga solsakkina maqsadga erişamiz.

Bundan taşqari Alişer Qodirov “Gender tengligi” masalasiga alohida töxtalib, jumladan şunday dedi:

– Ayollarning avvalo ona ekanini esdan çiqarmasligimiz lozim. Ularga oilada ham, jamiyatda ham munosib şaroit yaratib berişimiz kerak. Bu bilan oğriqli jihat –oilalarning ajralib ketişi oldini ham olgan bölamiz. XDPdan körsatilgan nomzod gender tengligi orqali ayollarni hurmat qilişga çaqiryapti. Lekin biz azaldan onalar, qizlarimiz, ayollarimizning hurmatini joyiga qöyib kelgan xalqmiz. Bu biz uçun allaqaçon milliy qadriyatimizga aylanib bölgan.

Prezidentlikka nomzod öqituvçilarga zarur şaroitlar yaratiş masalasiga ham eʼtibor qaritilişi kerakligini aytdi:

– Öqituvçini boy qilişimiz kerak. Maoşidan maşina minsin, taʼtilini xorijda ötkazsin. Ammo saviyasiz öqituvçilar bu safda bölmasligi kerak. Şu maʼnoda, biz tarbiyaçilar, pedagoglarning yangi avlodini şakllantirişimiz lozim!, – dedi  “Milliy tiklaniş” nomzodi.

×