Özbekiston yana 250 mln dollar qarz kötardi

Özbekiston yana 250 mln dollar qarz kötardi

Jahon banki ijroçi direktorlar kengaşi Özbekiston uçun 250 million dollar miqdoridagi moliyalaştiriş paketini maʼqulladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bergan. 



Mablağlar “Şaharlarda yaşaş va unumdorlikni oşiriş uçun qulay şaroitlar yaratiş” (Livable and Productive Cities Program, LPCP) dasturi doirasida mamlakatning 16 ta tuman va şahrida aholi va biznes uçun munitsipal infratuzilma va xizmatlarni rivojlantirişga yönaltirilişi rejalaştirilgan.

Özbekistondagi 37 mln nafar aholining yarmidan köpi şaharlarda yaşaydi. 2050 yilga borib uşbu körsatkiç 60 foizdan oşişi kutilmoqda. Urbanizatsiya jarayonining jadallaşuvi şaharni rejalaştiriş va boşqariş tizimi, infratuzilma va kommunal xizmatlar, şu jumladan, jamoat transporti va çiqindilarni boşqariş xizmatlarini takomillaştirişni talab qiladi.

Uşbu masalalarga yeçim topiş uçun hukumat 2025 yilda hududlarni jadal kompleks rivojlantiriş dasturini işga tuşirgan. Uşbu davlat dasturi jami 3,6 mln aholi istiqomat qiladigan 16 ta strategik muhim tuman va şaharlarda infratuzilmaviy va iqtisodiy rivojlanişni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.

Jahon banki tomonidan moliyalaştiriladigan LPCP dasturi davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oşirişni qöllab-quvvatlaydi va mamlakatning 13 ta hududida infratuzilmani rivojlantirişga yordam beradi. Yangiyöl va Marğilon şaharlari, şuningdek, respublika böyiça 14 ta tuman, jumladan, Qönğirot, Çimboy, Asaka, Ğijduvon, Ğallaorol, Yakkaboğ, Xatirçi, Çortoq, Bulunğur, Sirdaryo, Denov, Quva, Şovot va Hazorasp tumanlari şular jumlasidandir.

LPCP dasturi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan maqsadli viloyatlar, tumanlar va şaharlardagi mahalliy hokimiyat organlari bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi. 

LPCP dasturi doirasida yerlarning olib qöyilişi yoki fuqarolarning majburiy köçirilişiga olib kelişi mumkin bölgan infratuzilma loyihalari moliyalaştirilmaydi.

Bankka köra, 2030 yilga kelib, LPCP dasturi orqali mamlakatning 16 ta tuman va şaharlarida 1 millionga yaqin aholining turmuş şaroitlarini töğridan töğri yaxşilaş rejalaştirilgan, bunda munitsipal xizmatlar va infratuzilma sifatini oşirişdan turmuş sifati yaxşilanadiganlarning yarmini ayollar taşkil etadi.

Xususan, dastur 300 ming kişining transport xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatini yaxşilaş, şuningdek, 400 ming aholi uçun jamoat joylari va boğlarni rivojlantirişni taʼminlaydi. Dastur doirasida infratuzilma loyihalarining amalga oşirilişi quriliş sohasida 10 mingga yaqin vaqtinçalik iş örinlarini yaratiş imkonini beradi.


×