AQŞ “Qiyomat kuni” samolyotini havoga kötardi

AQŞ “Qiyomat kuni” samolyotini havoga kötardi

Amerikaning “Qiyomat kuni” deb nom olgan Boeing E-4 Nightwatch samolyoti Luiziana ştatidagi harbiy bazadan havoga kötarilib, Vaşington yaqinidagi aviabazaga qöndi. Bu haqda “New York Post” naşri xabar berdi.

Naşrga köra, uşbu maxsus bort AQŞ rahbariyati uçun favqulodda vaziyatlarda mamlakatni boşqariş imkonini beruvçi havo qömondonlik markazi vazifasini bajaradi. U yadroviy zarbaga bardoş bera oladi va eng yuqori lavozimdagi amaldorlar uçun zaxira boşqaruv punkti sifatida möljallangan.

“Samolyot Şarqiy vaqt böyiça soat 17:56 da Bojer-Sitidan havoga kötarildi, qirğoq böylab parvoz qilib, Virdjniya va Şimoliy Karolina çegarasi atrofida aylana çizdi va soat 22:01 da Endryus aviabazasiga qöndi”, deyiladi xabarda.

Xuddi şunday samolyot AQŞning 43-prezidenti Jorj Buş tomonidan 2001 yil 11 sentyabrdagi terror hujumlari vaqtida işlatilgan. Uşbu havo kemasi yadro uruşi boşlanişi ehtimoliga qarşi maxsus işlab çiqilgan. Ayni paytda AQŞ Harbiy-havo kuçlari ixtiyorida şunday törtta samolyot mavjud. Ular yil davomida muntazam parvozlar amalga oşirib, harbiy tayyorgarlikni doimiy ravişda saqlab turadi.

Har bir E-4B samolyoti maksimal 112 kişilik ekipajni qabul qila oladi va 11 ming kilometrdan ortiq masofani bosib ötiş imkoniyatiga ega. Bu samolyotlarning AQŞ Harbiy-havo kuçlari uçun naqadar muhimligini ularning yagona va boşqa heç qanday AQŞ harbiy samolyotida takrorlanmaydigan imkoniyatlar bilan jihozlangani yaqqol körsatadi.

Ular yadro portlaşi, kiberhujumlar va elektromagnit impulslar taʼsiriga bardoş bera oladi, javob raketalarini uçiriş imkoniyati bilan jihozlangan. Samolyotda yadro va issiqlikdan himoyalovçi qoplama mavjud bölib, uning 67 ta sunʼiy yöldoş antennasi va aloqa qurilmalari dunyoning istalgan nuqtasi bilan uzluksiz aloqa qiliş imkonini beradi.

Samolyot bir hafta davomida qönmasdan parvoz qilişga va havo orqali yonilği bilan töldirilişga möljallangan.

“Daily Mail”ga köra, ayrim ekspertlar samolyotning kötarilişini Prezident Donald Tramp xavfsizligini taʼminlaş çoralari kuçaytirilgani bilan boğlamoqda. Bu esa Yaqin Şarqdagi mumkin bölgan yadroviy mojaro xavfiga javoban amalga oşirilgan bölişi mumkin.


×