Toşkent viloyatida öqotar qurolni noqununiy ravişda saqlab kelgan şaxs qölga olindi. Bu haqida IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum bölişiça, joriy yilning 13 sentyabr kuni Çirçiq şahrida xizmat olib borayotgan viloyat IIBB 1-mintaqaviy markaz PPX va YPX xodimlari tomonidan şaharda joylaşgan «metall qabul qiliş şoxobçasi»da işlovçi, 1995 yilda tuğilgan B.A. öq otar qurolni topib olib (öz vaqtida IIO xabar bermagan), noqonuniy ravişda saqlab yurganligi aniqlangan.
Qurol eski ğişt uyumlari orasidan topilgan va xolislar iştirokida daliliy aşyo sifatida rasmiylaştirilib olingan.
Ötkazilgan sudga oid ballistik ekspertizaning xulosasiga köra, «Mazkur qurol – 1943 yilda zavod usulida tayyorlanib, 7.62 mm öq otiş uçun möljallangan TT (Tulskiy Tokareva) pistoleti ekanligi hamda narezli jangovar qurollar turkumiga kirişi» aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan, Çirçiq şahar IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.









