Toşkentda bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi

Toşkentda bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi

Blogerga maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirildi, timsoh esa hayvonot boğiga topşirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bloger uyida Nil timsohini saqlayotgani aks etgan videolar yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi örganiş olib borilganini maʼlum qildi.

Ötkazilgan reyd davomida Toşkent şahrida yaşovçi fuqaro yaşaş manzilida bir boş Nil timsohini saqlayotganligi aniqlangan. 

Huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 92−1-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Iş yuzasidan töplangan hujjatlar holatga huquqiy baho beriş va tegişli çora köriş uçun sud organlariga yuborilgan. 

Timsoh Toşkent hayvonot boğiga topşirilgan.

Maʼlumot uçun, Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlaş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 736-son qaroriga asosan, 2025 yil 1 yanvardan jismoniy şaxslar tomonidan (röyxat asosida) yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlaş hamda ulardan tsirk tomoşalarida foydalaniş taqiqlangan.

×