Umraga yuboriş bilan noqonuniy tarzda şuğullanib kelgan turfirmalarga çora körildi

Umraga yuboriş bilan noqonuniy tarzda şuğullanib kelgan turfirmalarga çora körildi

Bir neça viloyatlarda ötkazilgan maxsus tadbirlarda noqonuniy tarzda “Umra” tadbirlarini taşkil etib kelgan turfirmalarga nisbatan tegişli tartibda çora körildi. Bu haqda Din işlari böyiça qömita xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, Farğona viloyati Marğilon şahrida joylaşgan “Xurmo travel umra” MÇJ (Saxiy travel) fuqarolarga litsenziyasiz “Umra” tadbirini taşkil etib kelgani aniqlangan.

Qolaversa, Surxondaryo viloyati Denov şahrida “Anor tour” nomi ostida, Toşkent şahri, Çilonzor tumanida “Sokin travel” nomi ostida jismoniy şaxslar tomonidan davlat röyxatidan ötmasdan “Umra” tadbirini taşkil etib kelgani aniqlangan.

“Yuqoridagi holatlar yuzasidan Qömita tomonidan “Xurmo travel umra” MÇJ (Saxiy travel)ga nisbatan “Litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonunining tegişli moddalari talablari buzilişi yuzasidan iş qözğatilib, işni körib çiqiş yakunlari yuzasidan BHMning 200 baravari (75 mln söm) jarima qöllaş böyiça qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda.

Şuningdek, “Anor tour” va “Sokin travel” nomlari ostida işlab kelgan jismoniy şaxslarning xatti-harakatlari böyiça töplangan materiallar tegişli çora köriş yuzasidan huquq-tartibot organlariga yuborilgan.

Maʼlumot uçun, “Umra” tadbirlarini taşkil etiş va ötkazişga oid xizmatlarni litsenziyaga ega bölmagan tadbirkorlik subʼektlari tomonidan körsatiş taqiqlangan.


Teglar:
×